Ozodbek Nazarbekovning 12 kunlik konsertiga chiptalar butunlay sotib bo`lindi, konsertga yana qo`shimcha 3 kun qo`shildi. Bunaqasi hali bo`lmagandi Saroy tashqarisidagi “Qo`llar”da 1ta chipta narhi 100 000 – 120 000 so`m bo`lib ketibdi! Bunga nima sabab bo`lganini esa hech kim aytib bera olmayapti. Xonandaning o`zi esa “A endi talab bordir-ki… shunday bo`layapti” — deydi. Ohirgi gaplarga qaraganda, so`ngi ikki kunda, kunduzgi seanslarda ham ikkitadan konsert bo`lib o`tar ekan, unda jami 17-ta konsert! Qoyil-ku lekin, Ozodbek 17-ta konsertni hammasini jonli kuylash niyatida shekilli…